Energetikada raqamlashtirish modellari va tendentsiyalari - xalqaro tajriba asosida tahlil
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
raqamli energetika, sunʼiy intellekt, Smart Grid, Big Data, AI, SCADA, IoT, Blockchain, xalqaro tajriba, energetika transformatsiyasiАннотация
Ushbu maqolada xalqaro tajribalar asosida energetika sohasini raqamlashtirish modellari tahlil qilingan. Hozirgi zamonda raqamlashtirish nafaqat energetik infratuzilmani samarali boshqarishga, balki barqaror rivojlanish, energiya tejash, uglerod chiqindilarini kamaytirish va isteʼmolchilar ehtiyojlariga tezkor javob berish imkoniyatini ham yaratadi. Yevropa Ittifoqi, АQSh, Xitoy va Yaponiya misolida Smart Grid, Big Data, AI, IoT, Blockchain va Digital Twin texnologiyalarining energetikadagi qoʼllanilishi tahlil etilgan. Har bir mamlakatdagi modellarning afzalliklari va oʼzgacha jihatlari koʼrsatilgan. Tadqiqot natijalari raqamlashtirishning energetik tizimlarda samaradorlikni oshirish, taʼminot barqarorligini taʼminlash, resurslarni tejash va isteʼmolchilar bilan interaktiv aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini koʼrsatdi. Shuningdek, Oʼzbekiston uchun tavsiyalar – integratsiyalashgan tizimlar, isteʼmolchi markazlashuvi, sunʼiy intellekt va Big Data asosida boshqaruvni shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.