Raqamli transport platformasida xizmat ko‘rsatish samaradorligi munosabatlari va modellari
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-41-44Ключевые слова:
transport-logistik xizmatlar, yuk yetkazib berish, faoliyat turlari, regressiya, dispersiya, normallashgan baho, samaradorlik, logistika tahliliАннотация
Ushbu maqolada raqamli transport platformalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari o‘rganilgan. So‘nggi yillarda transport-logistika tizimlarida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi nafaqat xizmat ko‘rsatish jarayonini tezlashtirish, balki uning sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va mijozlar ehtiyojiga moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadqiqotda transport xizmatlari samaradorligini baholash mezonlari hamda raqamli platformalar asosida shakllanadigan iqtisodiy-matematik munosabatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida operativlik, ishonchlilik, xarajatlarni kamaytirish va tashish hajmini optimallashtirish kabi ko‘rsatkichlar asosida samaradorlik modellari ishlab chiqilgan. Ushbu modellar transport-logistika tizimida raqamli platformalar orqali xizmatlarni boshqarishning innovatsion yondashuvlarini shakllantirish, resurslarni samarali taqsimlash va kelgusida barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi. Maqola natijalari amaliyotda transport-logistika provayderlari, raqamli tizimlar ishlab chiquvchilari hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun foydali metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.