Hududiy investitsion faoliyat samaradorligini baholash: qashqadaryo viloyati tajribasi

Авторы

  • Xamroqul Ruziyev Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-166-170

Ключевые слова:

Investitsiya, samaradorlik, statistik tahlil, yalpi hududiy mahsulot, hududiy rivojlanish

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati misolida hududiy investitsion faoliyat samaradorligi statistik tahlil qilindi. Tadqiqotda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va yalpi hududiy mahsulot (YHM) o‘sishi ko‘rsatkichlari dinamik qatorlar, indekslar hamda korrelyatsion-regression tahlil usullari asosida o‘rganildi. Natijalarda investitsiyalarning hajmi hamda tarkibi hududiy iqtisodiy o‘sishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Shuningdek, hududiy tarmoqlar kesimida investitsiyalar samaradorligi tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘larning iqtisodiy samaradorlikda muhim o‘rin tutishi qayd etildi. Shu bilan birga, investitsiyalarning hudud bo‘yicha teng taqsimlanmagani ayrim iqtisodiy yo‘nalishlarda sust rivojlanishga olib kelayotgani ko‘rsatildi.
Tadqiqot natijalari asosida investitsion faoliyat samaradorligini oshirish uchun innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va inson kapitaliga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Maqola natijalari hududiy iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda ilmiy-amaliy asos sifatida foydalanilishi mumkin

Опубликован

2025-12-05

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

11-20 из 149

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.