Yuk avtomobillarida telematikani qo‘llash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-4-209-215

Ключевые слова:

intellektual transport tizimlari (its), yoqilg‘i darajasi sensori (dut), kapasitiv sensor, fms/telematika, yoqilg‘i sarfi tahlili, Qo‘qon–Farg‘ona yo‘nalishi

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada Farg‘ona vodiysining muhim magistral yo‘nalishi — Qo‘qon–Farg‘ona oraliqlarida yuk avtomobillari ekspluatatsiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Intellektual Transport Tizimlari (ITS) doirasidagi Yoqilg‘i Darajasi Sensorlarini (DUT) qo‘llashning amaliy-analitik yondashuvi tadqiq etilgan. Maqolada transport xarajatlarining 40−60% ini tashkil etuvchi yoqilg‘i sarfini an’anaviy usullar (yuqori xatolik ±10−20%) bilan ishonchsiz monitoring qilish muammosi ko‘tarilgan. Tadqiqotning asosiy metodologiyasi DUT-E Kapasitiv sensorlarini (aniqlik ≤1% ) GPS/GLONASS trekkeri orqali birlashtirishga va olingan ma’lumotlarni Bulutli FMS/Telematika Dasturi orqali tahlil qilishga asoslangan. Amaliy sinovlar "AVTOGIGANT DANGARA" MChJ korxonasi misolida o‘tkazilgan. Natijalar DUT tizimini joriy etish orqali yo‘l sarfining 6.43% gacha qisqarganini (haydovchi intizomini oshirish hisobiga) va turish sarfining 33.33% ga kamayganini ko‘rsatdi. Shuningdek, tizim orqali drenaj (o‘g‘rilik) holatlari 100% nazoratga olinib, oldi olingan. Hisob-kitoblar, masalan, ISUZU avtobusiga qo‘yilgan DUT qurilmasi ≈7 oyda o‘zini oqlashini ko‘rsatgan. Xulosa DUT/ITS tizimining logistika korxonalari uchun katta iqtisodiy samara keltirishini ilmiy jihatdan asoslaydi.

Опубликован

05.12.2025

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

Yuk avtomobillarida telematikani qo‘llash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. (2025). Вестник транспорта - Transport Xabarnomasi, 2(3), 209-215. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-4-209-215

Похожие статьи

1-10 из 390

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.