Logistika markazlari geojoylashuv joyini aniqlash va ularni asoslash usullari: adabiyotlar tizimli tahlili

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

logistika markazlari, joylashuv, adabiyotlar tahlili, mezonlar, usullar

Аннотация

Logistika markazlari uchun mos joylarni tanlash ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash kabi muhimdir.
Logistika markazlari joylashuv joylarini aniqlashda optimal yechimlarni topish uchun aniq mezonlarni
aniqlash va to‘g‘ri metodologiyani tanlash kerak. Ushbu ilmiy maqolada logistika markazlari
geojoylashuv joyini aniqlash va ularni asoslash usullari mavzusining o‘rganilganlik darajasini aniqlash,
mavzuning dolzarbligini baholash va belgilangan maqsadga erishish yo‘llarini aniqlab olish uchun
mavzuga tegishli adabiyotlarning (mavzuga oid kitoblar, dissertatsiyalar, ilmiy maqola va tezislar) tizimli
tahlili amalga oshirildi. Adabiyotlarni o‘rganish davomida logistika markazlari haqidagi tadqiqotlardan
joy tanlash muammosini o'z ichiga olgan 25 ta tadqiqot ishi ma’lum bir mezonlar asosida tanlab olindi.
Adabiyotlar sharhi quyidagi ketma ketlikda ko‘rib chiqildi: birinchi bosqichda masalani hal qilishda
nazariy jihatdan olib borilgan tadqiqotlar, ikkinchi bosqichda baholash jarayonida qo‘llaniladigan
mezonlar ko‘rib chiqildi. To‘plangan malumotlar asosida qaror qabul qilish usullari va qaror qabul qilish
mezonlaridan foydalanish chastotasi ham taqdim etildi.

Опубликован

2024-06-29

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 73

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.