Avtomobil chiqindi gazlar hisobini raqamlashtirish uslubi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
chiqindi gazlar, benzinli dvigatel, EBB, raqamlashtirish, OBD-II, monitoringАннотация
Transport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli gazlar ekologik barqarorlikka hamda atrof-muhit holatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatib, umumiy emissiya manbalari tarkibida yuqori ulushni tashkil etadi. Shu bois, jahon miqyosida ushbu chiqindilarning salbiy oqibatlarini kamaytirish va ularni samarali boshqarish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari hamda amaliy choralar olib borilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan EURO ekologik talablari bosqichma-bosqich kuchaytirilishi bilan bir qatorda, chiqindi gazlarni aniqlash bo‘yicha qo‘llaniladigan sinov metodologiyalari ham izchil takomillashib, sinov jihozlarining texnologik darajasi yuqori aniqlik, tezkorlik va ishonchlilikni ta’minlashga yo‘naltirilmoqda. Xususan, avtomobillarni ishlab chiqarish jarayonida yuqorida qayd etilgan ekologik talablarni inobatga olgan holda, konstruksiyaning ekologik xavfsizligi shassi dinamometrlari, PEMS (Portable Emission Measurement System), WLTP (Worldwide Harmonized Light-Duty Vehicles Test Procedure) va RDE (Real Driving Emissions) kabi xalqaro standartlarga asoslangan ilg‘or sinov uslublari orqali baholanadi. Lekin foydalanishdagi transport vositalarining chiqindi gazlari tarkibini o‘lchash jarayoni katta ishchi kuchi, ko‘p vaqt talab qiladi hamda xizmat narxi yuqoriligi ko‘p sonli avtomobillarda emissiya o‘lchovlarini o‘tkazishda murakkab bo‘lib qolmoqda. Foydalanishdagi avtomobillarning elektron boshqaruv bloki (EBB) ma’lumotlaridan foydalanib chiqindi gazlarni monitoring qilishning raqamlashtirilgan uslubini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada avtomobilning EBB malumotlarini raqamlashtirish orqali chiqindi gazlar tarkibidagi CO2 yo‘l birligiga to‘g‘ri keluvchi miqdorini aniqlash uslubi taklif qilingan.