Ombor logistikasini optimallashtirish uchun buyumlar interneti (IoT) texnologiyalarini joriy etish: Milliy va xorijiy tajriba
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
Buyumlar internet (IoT), ombor logistikasi, optimallashtirish, omborni boshqarish, RFID, sensorlar, avtomatlashtirish, robotlar, AGV, AMR, raqamlashtirish, WMS, qiyosiy tahlil, normativ-huquqiy bazaАннотация
Maqolada ombor logistikasi jarayonlarini optimallashtirish uchun Buyumlar interneti (IoT) texnologiyalarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ombor operatsiyalarini nazorat qilish va boshqarishda RFID-nishonlar, sensorlar va avtomatlashtirilgan robotlashtirilgan tizimlar kabi IoT-qurilmalaridan foydalanish baholangan. Omborlarda IoT’ni joriy etish bo‘yicha xorijiy muvaffaqiyatli misollar tahlil qilinib, samaradorlikning oshishi, aniqlikning yaxshilanishi va xarajatlarning kamayishi ko’rib chiqilgan. Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan iqtisodiyotni raqamlashtirish va logistika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat strategiyalari kontekstida O‘zbekiston ombor logistikasida IoT’ni joriy etishning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan IoT’ni joriy etish metodikalari va yondashuvlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilgan. Ombor xo‘jaligida IoT’ni joriy etish yo‘lidagi asosiy afzalliklar va to‘siqlar aniqlangan.