Filtrli kompensatsiya qurilmalari yordamida elektr energiyasi sifatini oshirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
elektr energiyasi sifati, yuqori tartibli garmonikalar, aktiv filtr, passiv filtr, gibrid filtr, kompensatsiya qurilmalariАннотация
Mazkur maqolada zamonaviy elektr ta’minoti tizimlarida elektr energiyasi sifatini ta’minlash muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Xususan, chastotali boshqaruvga ega elektr yuritmalar, uzluksiz elektr ta’minoti manbalari va boshqa yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarga ega qurilmalar tomonidan yuqori tartibli garmonikalar hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar yoritilgan. Bu garmonikalar elektr tarmoqlarida kuchlanish buzilishi, ortiqcha isroflar, uskunalarning muddatidan oldin ishdan chiqishi va avtomatika tizimlarining noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘ladi. Maqolada passiv, aktiv va gibrid filtrli kompensatsiya qurilmalari yordamida garmonikalarni kompensatsiya qilish texnologiyalari ko‘rib chiqilgan. Aktiv filtrlarning yuqori dinamik xususiyatlari, moslashuvchanligi va samaradorligi ularni istiqbolli yechimga aylantirsada, ularning yuqori narxi keng qo‘llanilishini cheklaydi. Shu sababli maqolada iqtisodiy samaradorlik va texnik imkoniyatlarni birlashtirgan gibrid filtrlar haqida ham fikr yuritiladi. Yakuniy qismda elektr energiyasi sifatini oshirish uchun kompleks muhandislik metodikalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.