Temir yo‘l uchastkalari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini analitik baholash metodlarining qiyosiy tahlili

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

o‘tkazuvchanlik qobiliyati, zichlashtirilgan grafik, analitik metodlar, ustuvor poyezd, SWOT tahlil

Аннотация

O‘tkazuvchanlik qobiliyati – temir yo‘l uchastkasining tashish imkoniyatlarini belgilovchi muhim ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkichni inobatga olmasdan turib, temir yo‘l uchastkasi bo‘yicha yuk tashishlarni aniq va xatosiz rejalashtirib bo‘lmaydi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun turli mamlakatlarda poyezdlararo intervallar, o‘rtacha paketlararo interval, texnik vositalarning ishlash ishonchliligini hisobga oluvchi koeffitsiyent va boshqa ko‘plab parametrlarni o‘z ichiga olgan modellar asosidagi analitik usullar qo‘llaniladi. Ushbu maqolada temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash va undan foydalanish darajasini baholashda keng qo‘llaniladigan bir qancha analitik metodlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Shuningdek, analitik metodlarni tadqiq qilish va rivojlantirish tendensiyalari keltirilgan. O‘tkazuvchanlik qobiliyati tushunchasining evolyutsiyasi, uni aniqlash metodlarlari hamda ularning amaliy qo‘llanilishi chuqur o‘rganilgan. Natijada Ammo analitik metodlar real foydalanish sharoitlarining murakkabligini to‘liq aks ettira olmaydi va uchastkaning O‘tkazuvchanlik qobiliyatini faqat taxminiy baholash imkonini beradi degan xulosa chiqarilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-04-02

Похожие статьи

1-10 из 191

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.