Aholini zilzilaga tayyorlash milliy ta’lim platformasi sertifikatlarini o‘zbekistonda rag‘batlantirish mexanizmlariga joriy etish (Turkiya tajribasi asosida ilmiy yondashuv)
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
zilzilaga tayyorgarlik, seysmik xavfsizlik, milliy ta’lim platformasi, sertifikat, rag‘batlantirish mexanizmi, differensial rag‘bat, institutsional element, favqulodda vaziyatlarАннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholini zilzilaga tayyorlash milliy ta’lim platformasi orqali beriladigan sertifikatlarning amaliy samaradorligini oshirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Turkiyaning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha joriy etilgan sertifikatlash va u bilan bog‘liq rag‘batlantirish mexanizmlari tajribasiga asoslanadi. O‘zbekiston sharoitida sertifikatlarning real ijtimoiy-iqtisodiy qiymatini oshirish maqsadida energetika, mehnat, ta’lim va mahalliy boshqaruv tizimlari bilan integratsiyalashgan rag‘batlantirish modeli taklif etiladi. Tadqiqot natijalari aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishda sertifikatlarni imtiyozlar bilan mustahkamlash samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi.