Issiq iqlimli hududlarda chordoq makonini passiv sovitish usullarining energiya samaradorligini baholash

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

chordoq makoni, issiqlik almashinuvi, passiv sovitish, mikroiqlim, yuqori qavat xonalari, aks ettiruvchi qoplama, issiq iqlim, energiya samaradorligi

Аннотация

Mazkur maqolada issiq iqlim sharoitida joylashgan binolarning yuqori qavat xonalarida qulay mikroiqlimni shakllantirishda chordoq makonining harorat rejimini boshqarish masalasi o‘rganilgan. O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimi sharoitida yoz davrida tashqi havo haroratining katta tebranishlari yuqori qavat xonalarida noqulay issiqlik sharoitlarini yuzaga keltiradi. Tadqiqotda chordoq makonida yuz beradigan issiqlik almashinuvi jarayonlari nazariy jihatdan tahlil qilinib, issiqlik balansi tenglamalari asosida hisoblash algoritmi ishlab chiqildi. Tom qoplamasining aks ettirish qobiliyatini oshirish hamda passiv sovitish usullaridan foydalanishning samaradorligi solishtirma hisoblashlar orqali baholandi. Natijalar ushbu usullarni kompleks qo‘llash yozgi davrda chordoq makonidagi havo haroratini pasaytirib, yuqori qavat xonalarida mikroiqlim ko‘rsatkichlarini qulay darajaga yaqinlashtirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari issiq iqlimli hududlarda energiya samarador qurilish yechimlarini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

51-60 из 144

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.