Qoplama qo‘llash texnologiyasining optimal parametrlarini aniqlashning matematik modeli
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
gazturbinali dvigatel, turbina kurakchasi (lopatka), EB-PVD, ittriy bilan stabillashgan zirkoniy oksidi (YSZ), matematik model, ko‘pmezonli optimallashtirishАннотация
Mazkur maqolada gazturbinali aviatsiya dvigatellarining yuqori bosimli turbina kurakchalariga issiqlikdan himoya qiluvchi qoplama (TBC – Thermal Barrier Coating) qo‘llash texnologiyasining optimal parametrlarini aniqlashga qaratilgan ko‘pmezonli matematik model taklif etilgan. Model plazmali purkash (APS) va elektron nurli fizikaviy bug‘lash (EB-PVD) usullari uchun maqsadli funksiyani ko‘p mezonli optimallashtirish, Furye issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi va Lame-Navye termik kuchlanish tenglamalari asosida shakllantirilgan. Tajribalarni rejalashtirish Taguchi usuli (L9 va L16 ortogonal massivlar) yordamida amalga oshirilgan, regressiya tenglamasi koeffitsientlari eng kichik kvadratlar usulida aniqlanib, modelning adekvatligi Fisher mezoni bo‘yicha tekshirilgan. Chet el ilmiy adabiyotlaridagi tajriba natijalari taklif etilgan model bo‘yicha hisob-kitoblar bilan taqqoslanib, kurakchalarning xizmat muddatini 2–5 barobarga oshirish, yonilg‘i sarfini kamaytirish va dvigatel samaradorligini oshirishga olib keluvchi optimal texnologik rejimlar asoslab berilgan.