AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” yo‘llarning uchastkalarida poyezdlar yaqinlashishning xavfli zonasini tadqiqotning matematik modeli

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2438-2025-2-41-45

Ключевые слова:

potentsial yo'l qabul qiluvchisi, oqim yo'l qabul qiluvchisi, standart shuntga sezgirlik mezoni, sezgirlikning tanqidiy zonasi

Аннотация

Poyezdlar harakati xavfsizligi poyezdlar harakatini oraliq nazorat qilish tizimlarining ishonchli ishlashiga bog‘liq bo‘lib, ularning asosi poyezdlarning joylashuvi haqidagi ma’lumot datchik sifatida rels zanjirlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko'plab davlatlarining temir yo'l tarmog'i potentsial qabul qiluvchilar bilan tonal tipidagi uzluksiz rels zanjirlariga o'tmoqda, ammo ularning ko'pgina afzalliklari bilan bu rels zanjirlarining kamchiliklari bor, ular ma'lum masofada poezdning rels zajiriga yaqinlashganda, uni qisqa tutashuvi boshlaydi va svetoforning o'tishida taqiqlovchi chiroq yonadi, ya'ni, bunday rels zanjirlar poezd yaqinlashganda va rels zanjirdan chiqib ketganda qo'shimcha qisqa tutashuvi zonalarga ega. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun poezdning boshqariladigan rels zanjiriga kirishini aniq qayd etadigan tok qabul qiluvchilardan foydalanish taklif qilindi. Ammo bunday yo'l zanjirlarida shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, rels zanjirining rele uchida ikkita poyezd bo'lishi mumkin, keyin birinchi poezd qabul qilgichni qisqa tutashuv qilmasligi mumkin va rels zanjir noto'g'ri bo'sh ko'rinadi. Ushbu maqolada rels zanjirining rele uchida ikkita poezd yaqinlashishning kritik zonasini aniqlash uchun tonal rels zanjirning turli chastotalari uchun matematik model ishlab chiqilgan va tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu muammoni hal qilish sxemasi ham taklif etiladi, bu yuqorida aytib o'tilgan ta'sirni butunlay yo'q qiladi.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 151

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.