Bir yo‘lli temir yo‘l uchastkalarida poyezdlarni to‘xtatmasdan kesishtirishning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sirini baholash

Авторы

  • O‘ Xusenov Toshkent davlat transport universiteti Автор
  • A. Baqoyev Toshkent davlat transport universiteti Автор
  • M. Baxtiyorov Toshkent davlat transport universiteti Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

bir yo‘lli temir yo‘l uchastkasi, razyezd, poyezdlarni kesishish, poyezdlarni to‘xtatmasdan kesishish, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, poyezdlar harakati grafigi, foydali uzunlik

Аннотация

Mazkur maqolada bir yo‘lli temir yo‘l uchastkalarida poyezdlarni to‘xtamasdan kesishish texnologiyasini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu texnologiya poyezdlar harakatining uzluksizligini ta’minlash, ortiqcha to‘xtash va kutish vaqtlarini kamaytirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida razyezdlarning zaruriy uzunligini aniqlash bo‘yicha hisobiy yondashuv ishlab chiqilib, poyezd uzunligi, yon yo‘lga kirish tezligi, asosiy yo‘ldan o‘tish tezligi, tormoz yo‘li uzunligi hamda poyezdlarning kesishish nuqtasiga yetib kelishidagi vaqt farqi asosida tegishli matematik bog‘lanishlar keltirilgan. Shuningdek, poyezdlarning to‘xtamasdan kesishish jarayonining sxematik modeli ishlab chiqilib, uning asosiy parametrlariga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Buxoro-1 – Miskin temir yo‘l uchastkasi misolida mavjud harakat sharoiti o‘rganilib, peregonlar bo‘yicha harakat vaqtlari tahlil qilindi hamda uchastkaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati baholandi. Shuningdek, mavjud sharoitda poyezdlarni kesishish sxemalari tahlil qilinib, ularning o‘tkazuvchanlikka ta’siri aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, poyezdlarni to‘xtamasdan kesishish texnologiyasini joriy etish orqali uchastkaning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizgacha oshirishga imkon beradi. Bu esa poyezdlar harakatining samaradorligini oshirish, harakat jadvalining barqarorligini ta’minlash hamda temir yo‘l uchastkalaridan foydalanish darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

31-40 из 261

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.