Tezlikni cheklash ogohlantirishlarini berish jarayonlarini takomillashtirish bosqichlari

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

temir yo‘l transporti, poezdlar harakati, ma’lumotlar uzatish tizimi, dispetcherlik boshqaruvi, telekommunikatsiya, avtomatlashtirish

Аннотация

Ushbu maqolada temir yo‘l transportida poyezdlar harakatini tashkil etish jarayonida tezlikni cheklash ogohlantirishlar haqidagi ma’lumotlar uzatish tizimlarini takomillashtirish haqida bayon qilingan. Tezlik cheklangan sharoitlarda mavjud aloqa va boshqaruv tizimlarining tahlillari, ularning kamchiliklari va samaradorlik darajasi baholangan. Xususan, poyezdlar harakatini boshqarish jarayonida tezkor, ishonchli va doiymiy axborot almashinuvi muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
Maqolada zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida ma’lumotlar uzatishning yangi texnologik sxemalari taklif etilgan. Ushbu sxemalar orqali stansiyalar, dispetcherlik markazlari va boshqa tizim elementlari o‘rtasida axborot almashinuvini optimallashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, tizimning ishonchliligini oshirish, inson omilining ta’sirini kamaytirish va operativ boshqaruv samaradorligini yaxshilash yo‘llari yoritilgan.
Tadqiqot natijalari temir yo‘l transportida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi hamda amaliyotda qo‘llash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

31-40 из 393

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.