Keramik plitka ishlab chiqarish texnologik jarayolaridagi xavfli (jarohatlovchi va zararli) ishlab chiqarish omillarining tahlili

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

keramik plitka, texnologik zanjir, kvars aerozoli, termik nurlanish, mexanik jarohatlanish, mehnat gigiyenasi, qiyosiy tahlil

Аннотация

Ushbu maqolada keramik plitka ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish gigiyenasi nuqtai nazaridan kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xomashyoni qabul qilish va tayyorlash, maydalash, saralash, shakllantirish, pishirish hamda qadoqlash bosqichlarida yuzaga keladigan asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari aniqlanib, ularning ishchilar salomatligiga ta’siri qiyosiy baholangan. Ish jarayonida changlanish (kvarts aerozollari), yuqori darajadagi shovqin va vibratsiya, noqulay mikroiqlim hamda termik yuklamalarning ustuvor xavf omillari sifatida ajralib turishi asoslab berilgan. Mehnat sharoitlarini gigiyenik baholash mezonlari asosida ishlab chiqarish muhitining xavflilik darajasi aniqlanib, uni kamaytirishga qaratilgan muhandislik, tashkiliy va profilaktik chora-tadbirlar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish korxonalarida mehnat xavfsizligini oshirish va kasb kasalliklarining oldini olishda amaliy ahamiyatga ega.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

41-50 из 229

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.