Manyovr teplovozi rama konstruksiyalarining qoldiq resursini kompleks diagnostika va chekli elementlar usuli asosida baholash

Авторы

  • A. Yusufov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор https://orcid.org/0000-0002-1651-5493
  • Sh. Abdurasulov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор https://orcid.org/0000-0001-5581-507X
  • A. Vohidov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • J. Ulugov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • A. Mahmudjanov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

TGM-23B teplovozi, manyovr lokomotivi, rama konstruksiyasi, qoldiq resurs, kompleks diagnostika, ultratovushli tolshinometriya, chekli elementlar usuli (ChEU), mustahkamlik zaxirasi, kuchlanganlik-deformatsiya holati (KDH), xizmat muddatini uzaytirish

Аннотация

Mazkur maqolada uzoq muddat ekspluatatsiya qilingan TGM-23B turidagi manyovr teplovozi asosiy ramasining joriy texnik holati va qoldiq resursi ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqot obyekti sifatida sanoat korxonasida foydalanilayotgan teplovoz olingan bo'lib, uning yuk ko'taruvchi rama konstruksiyalarida ultratovushli tolshinometriya usuli yordamida kompleks diagnostika ishlari amalga oshirilgan. Olingan faktik o'lchamlar va qalinlik ko'rsatkichlari asosida SOLIDWORKS Simulation dasturiy majmuasida ramaning raqamli 3D chekli elementlar modeli (ChEM) shakllantirilgan. Konstruksiyaning kuchlanganlik-deformatsiya holati (KDH) va toliqishga chidamlilik xususiyatlari amaldagi eng noqulay me'yoriy yuklamalar ta'sirida tahlil qilingan. Raqamli hisoblash natijalari ramaning statik ko'taruvchanlik qobiliyati va mustahkamlik zaxira koeffitsienti talab darajasida saqlanib qolganligini isbotladi.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

1-10 из 116

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.