Metropoliten transport tizimini rivojlantirishda xorijiy tajribaning ahamiyati va O‘zbekiston uchun tavsiyalar
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
metropoliten, jamoat transporti, transport integratsiyasi, raqamlashtirish, ekologik samaradorlik, davlat-xususiy sheriklik, tarif siyosati, ToshkentАннотация
Ushbu maqolada Toshkent shahrining metropoliten transport tizimini rivojlantirish masalalari xorijiy ilg'or tajribalar asosida tahlil qilinadi. London, Parij va Tokio metropoliten tizimlari misolida shahar transport infratuzilmasini boshqarishning samarali modellari o'rganiladi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida metropoliten tizimini modernizatsiya qilish va uning boshqa jamoat transport turlari bilan integratsiyasini ta'minlash bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari metropoliten tizimining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan amaliy chora-tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi.