Geometrik naqshlarni fraktal modellar asosida kompyuter modellashtirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
FGDM-gibrid model, L-tizimlar, IFS, R-funksiyalar, radial-affin transformatsiyalar, implicit shakllar, NumPy, Matplotlib, SymPy, ShapelyАннотация
Fraktal-geometrik modellar va generatsiya algoritmlarini kompyuter muhitida realizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bobning asosiy maqsadi Islom me’morchiligidagi geometrik naqshlarni fraktal modellar asosida raqamli shaklda qurish, vizuallashtirish, parametrik boshqarish va ularning amaliy samaradorligini baholashdan iborat. Kompyuter modellashtirish muhiti, dasturiy vositalar va tanlangan texnologik platformalar asoslanadi. Shundan so‘ng ishlab chiqilgan FGDM-gibrid model, IFS, L-tizim va R-funksiyalar asosidagi algoritmlarning Python dasturlash tilida realizatsiyasi yoritiladi. Modellashtirish jarayonida bazaviy geometrik shakllarni qurish, transformatsiyalarni qo‘llash, iteratsion generatsiya, parametrik boshqaruv va natijalarni grafik tasvirlash bosqichlari ketma-ket tahlil qilinadi. Unda nazariy modelning amaliy ishlashi sinovdan o‘tkaziladi. Turli parametrlar asosida hosil qilingan geometrik naqshlar o‘zaro taqqoslanadi, ularning murakkablik darajasi, simmetrik xususiyatlari va fraktal tuzilishi baholanadi. Shuningdek, modellashtirish natijalari Islom me’morchiligidagi real ornamentlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, taklif etilgan modelning adekvatligi va amaliy qo‘llash imkoniyati ko‘rsatib beriladi.