Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida poezdlarni lokomotivli tortishning zamonaviy hisoblash usullari tahlili
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
lokomotiv tortuv hisobi, Davis tenglamasi, Runge-Kutta usuli, bo‘ylama dinamika, Pontryaginning maksimum prinsipi, Monte Karlo usuli, ETCS, ATO, energiya samaradorligi, og‘ir yuk poyezdlariАннотация
Ushbu maqolada rivojlangan davlatlar (Germaniya, Yaponiya, AQSH, Xitoy va Yevropa davlatlari) tajribasi asosida poezdlarni lokomotivli tortishning zamonaviy hisoblash usullari har tomonlama tahlil qilingan. Maqolada harakat dinamikasini modellashtirishdagi an’anaviy empirik formulalardan (masalan, Devis tenglamasi) ko‘p massali dinamik modellashtirish va to‘rtinchi tartibli Runge-Kutta kabi sonli integrallash usulliga o'tish jarayonlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, Pontryaginning maksimum tamoyiliga asoslangan energiya tejovchi haydash algoritmlari (coasting/vibeg rejimi), og‘ir yuk poezdlarining bo‘ylama dinamikasi (TDEAS va LEADER tizimlari) hamda ETCS tizimidagi tormoz egri chiziqlarini hisoblash uchun stoxastik Monte-Karlo usullarining samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari temir yo‘l transportining o‘tkazuvchanlik qobiliyati, xavfsizligi va energiya samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.