Avtomobil transportida yuk tashish samaradorlik mezonlari va ularni optimallashtirish yo‘llari

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-41-44

Ключевые слова:

avtotransport, yuk tashish, samaradorlik mezonlari, tannarx, logistika, harakat tarkibi, optimallashtirish, unumdorlik, sezuvchanlik tahlili, iqlim omili

Аннотация

Ushbu maqolada avtotransport tarmog‘ida yuk tashish jarayonlarining samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan texnik-ekspluatatsion, iqtisodiy va logistik mezonlar tizimi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida harakat tarkibining unumdorligi va 1 tn·km yuk aylanmasi tannarxi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi kengaytirilgan matematik model ishlab chiqilgan. Mahalliy sharoitda keng qo‘llaniladigan MAN TGS va ISUZU FVR yuk avtomobillari misolida omillarning sezuvchanlik tahlili (Sensitivity Analysis) o‘tkazilgan.
Issiq iqlim sharoiti va tashkiliy-logistik kamchiliklarning transport unumdorligiga ta’siri empirik hisoblashlar orqali isbotlangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yo‘ldan foydalanish koeffitsiyenti (β) 10% ga yaxshilanishi tannarxni o‘rtacha 10,8% ga pasaytiradi, issiqlik yuklamasi tufayli texnik tezlikning pasayishi esa tannarxni 3.5-5.2% gacha oshirib yuboradi. Tadqiqot yakunida avtotransportda yuk tashish samaradorligini oshirish bo‘yicha raqamli va texnik-ekspluatatsion tavsiyalar shakllantirilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

51-60 из 225

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.