Qizilmiya qayta ishlash chiqindilari asosida modifikatsiyalangan arbolitbeton: Tarkiblar tahlili, kamchiliklar va texnologik yechim

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-54-59

Ключевые слова:

arbolit, arbolitbeton, yengil beton, organik to‘ldirgich, yog‘och-sement kompoziti, qizilmiya jomi, qizilmiya qayta ishlash chiqindilari, mineralizatsiya, adgeziya, sement matritsasi

Аннотация

Maqolada issiqlik izolyatsion, konstruktiv-issiqlik izolyatsion va konstruktiv materiallar sifatida qo‘llaniladigan arbolitbetonlarning asosiy mavjud tarkiblari ko‘rib chiqilgan. Yog‘och qirindilari asosidagi an’anaviy arbolit past o‘rtacha zichlik va yaxshi issiqlik izolyatsion xossalarga ega ekani ko‘rsatilgan. Biroq uning ekspluatatsion ishonchliligi organik to‘ldirgich xossalarining beqarorligi, yuqori suv shimuvchanlik, o‘simlik to‘ldirgichi va sement toshi orasidagi kontakt zonada adgeziyaning sustligi hamda suvda eruvchan shakarlar, ekstraktiv moddalar va organik kislotalarning sement gidratatsiyasiga salbiy ta’siri bilan cheklanadi. Texnologik yechim sifatida qizilmiya qayta ishlash chiqindilaridan foydalanilgan modifikatsiyalangan arbolitbeton tarkibi taklif etilgan. Qizilmiya chiqindilarini tayyorlash va mineralizatsiya qilish sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u yuvish, suvsizlantirish, quritish, fraksiyalash, ishqoriy-kalsiyli ishlov berish va yuzani mineralizatsiya qilish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Taklif etilgan yondashuv organik to‘ldirgichning sement matritsasi bilan adgeziyasini oshirish, suv shimuvchanlikni kamaytirish hamda o‘simlik xomashyosidagi kimyoviy aralashmalar tufayli yuzaga keladigan mustahkamlik yo‘qotilishini pasaytirishga qaratilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

11-20 из 93

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.