Tog‘li yoʻl sharoitlarida transport vositalarining xavfsiz harakat tezligini aniqlash va uni majburiy pasaytirish choralarini asoslash (M-39 avtomobil yoʻlining togʻli hududlari misolida)

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-84-88

Ключевые слова:

tog‘li yo‘l, xavfsiz tezlik, burilish radiusi, ilashish koeffitsienti, transport oqimi, avariyaviylik ehtimoli, dinamik yo‘l belgisi

Аннотация

Maqolada tog‘li yo‘l hududlarida transport vositalarining xavfsiz harakat tezligini aniqlash hamda uni majburiy kamaytirish zaruratini ilmiy asoslash masalasi ko‘rib chiqilgan. Burilish radiusi, qoplama ilashish koeffitsienti, transport oqimi intensivligi, oqim zichligi, geometrik koeffitsient va ruxsat etilgan xavf darajasini hisobga oluvchi kompleks matematik model taklif etilgan. M–39 avtomobil yo‘lining tog‘li hududlari misolida xavfsiz tezlik qiymatlari tahlil qilinib, harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur model yordamida tog‘li yo‘l sharoitlarida transport vositalari uchun xavfsiz tezlik qiymatini aniqlash, avariyaviylik ehtimolini baholash hamda tezlikni real yo‘l sharoitlariga mos ravishda cheklash imkoniyati yaratilgan. M–39 avtomobil yo‘lining tog‘li hududlari misolida xavfsiz tezlik qiymatlari hisoblangan va olingan natijalar asosida harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, xavfli burilishlar, ko‘rinish masofasi cheklangan uchastkalar va qoplama holati yomonlashadigan hududlarda dinamik yo‘l belgilarini, ogohlantiruvchi axborot panellarini hamda tezlikni nazorat qilish vositalarini joriy etish zarurligi asoslangan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

41-50 из 473

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.