Shisha tolalarning beton matritsasida taqsimlanishi

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-177-181

Ключевые слова:

shisha tola, fibrobeton, dispers armaturalash, bir tekis taqsimlanish, siqilishdagi mustahkamlik, variatsiya koeffitsienti, aralashtirish texnologiyasi, tola uzunligi, tola hajmiy miqdori, beton matritsasi

Аннотация

Ushbu maqolada shisha tolalarning beton matritsasi hajmi bo‘ylab bir tekis taqsimlanish qonuniyatlari hamda ularning fibrobetonning siqilishdagi mustahkamlik xususiyatlariga ta’siri eksperimental tadqiq etilgan. Tadqiqotda shisha tolalarining uzunligi 5, 10, 20, 30, 40 va 50 mm hamda hajmiy miqdori 0,1 foizdan 0,4 foizgacha bo‘lgan qiymatlarda o‘rganilgan. Shisha tolalarni beton qorishmasiga kiritishning uchta texnologik usuli, ya’ni quruq aralashtirish, tayyor qorishmaga kiritish va superplastifikator eritmasida oldindan dispersiyalash usullari qo‘llanilgan. Jami 72 ta tarkib va nazorat namunasi bo‘yicha olingan natijalar statistik jihatdan tahlil qilinib, o‘rtacha mustahkamlik hamda variatsiya koeffitsienti asosida baholangan. Natijalarga ko‘ra, quruq aralashtirish texnologiyasi eng yuqori o‘rtacha mustahkamlikni 33,62 MPa hamda eng past variatsiya koeffitsientini 2,88 foizni ta’minlagan. Eng yuqori individual natija 20 mm uzunlikdagi va 0,1 foiz miqdordagi shisha tolalardan foydalanilgan tarkibda quruq aralashtirish texnologiyasi orqali olingan bo‘lib, uning siqilishdagi mustahkamligi 35,15 MPa ni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich nazorat tarkibiga nisbatan 19,72 foiz yuqori ekanligi aniqlangan. Olingan natijalar shisha tolali fibrobeton tarkibini maqbul loyihalash, tolalarning beton matritsasida bir tekis taqsimlanishini ta’minlash va uning mustahkamlik xususiyatlarini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

41-50 из 140

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.