Yigʻma-yaxlit temirbeton sinchli bino modellarini masshtablashtirish, sinov dasturi va materiallarni tanlash
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-194-197Ключевые слова:
yigʻma-yaxlit temirbeton, sinchli bino, masshtabli model, Bakingem-Pi teoremasi, yechib olinmaydigan qolip, beton mustahkamligi, sinov dasturiАннотация
Maqolada yechib olinmaydigan temirbeton qobiqli qoliplarda barpo etiladigan yigʻma-yaxlit temirbeton sinchli binolarni eksperimental tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan yagona sinov dasturi bayon etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida uch turdagi bino modeli — M-1 (etalon yaxlit sinch), M-2 (qobiq-yadroli ustun, U-simon yigʻma-yaxlit rigel va yaxlit orayopma) hamda M-3 (koʻp boʻshliqli yigʻma orayopma) qabul qilingan. Modellashtirish Bakingem-Pi teoremasi asosida amalga oshirilib, oʻxshashlikni belgilovchi oʻlchamsiz π-komplekslar keltirib chiqarilgan, 1:4 masshtabning qabul qilinishi asoslangan va asosiy kattaliklarni natura binosiga qayta hisoblash formulalari tizimlashtirilgan. Yuklash sxemasi hamda sinov shartlari GOST 8829-94 va SHNK 2.03.01-19 talablariga muvofiq belgilangan. Qoʻllanilgan materiallarning — B25 sinfli ogʻir beton, A400 sinfli poʻlat armatura, Vr-I sim va bazalt armaturaning fizik-mexanik xossalari akkreditatsiyalangan laboratoriyada aniqlangan. Yordamchi namunalarni sinash natijasida betonning oʻrtacha prizmatik mustahkamligi Rbm = 30,5 MPa, oʻzgaruvchanlik koeffisiyenti Cv = 0,083 va hisobiy qarshiligi Rb = 20,0 MPa etib aniqlangan. Natijalar uch turdagi modelni obyektiv taqqoslash uchun metodik asos boʻlib xizmat qiladi.