“Maktabga xavfsiz qadam” veb-platformasi: maktab hududlari atrofidagi yoʻl infrastrukturasini baholash va bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-230-233Ключевые слова:
yoʻl-transport hodisasi, bolalar xavfsizligi, maktab infratuzilmasi, yoʻl harakati qoidalari, sunʻiy intellekt, raqamli platforma, monitoring, piyodalar xavfsizligi, “Maktabga xavfsiz qadam”Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekistondagi umumtaʻlim maktablari atrofidagi yoʻl infratuzilmasi holatini baholash orqali bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish masalasi yoritilgan. Unda “Maktabga xavfsiz qadam” veb-platformasining maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Platforma orqali maktab direktorlari oʻzlarining shaxsiy login va parollari yordamida maktab atrofi yoʻl infratuzilmasini baholaydi, mavjud muammolar yuzasidan maʻlumot hamda fotosuratlarni tizimga yuklaydi. Sunʻiy intellekt asosidagi tasvir tahlili direktor tomonidan berilgan bahoni qoʻshimcha tekshirish, maʻlumotlar ishonchliligini oshirish va xavfli hududlarni aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, maqolada viloyat, tuman va maktablar kesimida monitoring olib borish, “past” va “juda yomon” holatdagi maktablarga tezkor yordam koʻrsatish hamda oʻquvchilarning yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilimini testlar orqali oshirish imkoniyatlari bayon etilgan.