Qadoqlar uchun polimer materiallar yuzasida tojli razryad ta’sirida funksional guruhlarning shakllanishini iq-spektroskopik tadqiqi

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-251-253

Ключевые слова:

polimer plyonka, polipropilen, polietilen, BOPP, IQ-spektroskopiya, tojli razryad, sirt energiyasi, funksional guruh, adgeziya, bosma bо‘yoq

Аннотация

Maqolada polipropilen va polietilen polimer plyonkalarning tojli razryad bilan ishlov berishdan oldingi va keyingi sirt xususiyatlarini infraqizil (IQ) spektroskopiya usulida tadqiq qilish natijalari keltirilgan. Polimerlarning asosiy funksional guruhlariga xos yutilish polosalari aniqlandi. Tojli razryad bilan ishlov berilgandan keyin BOPP va PE plyonkalar spektrlarida 1700–1750 sm⁻¹ sohada yangi yutilish polosalarining paydo bо‘lishi polimer sirtida kislorod saqlovchi funksional guruhlar, xususan, karbonil (C=O) guruhlari shakllanganligini kо‘rsatdi. Natijalar tojli razryad ta’sirida polimer sirtining qutbliligi va sirt energiyasi ortishi, namlanish hamda adgezion xususiyatlar yaxshilanishini kо‘rsatdi. Olingan natijalar polimer plyonkalarning bosma bо‘yoqlari bilan adgezion о‘zaro ta’sirini oshirish va bosma sifatini yaxshilashda tojli razryadli ishlov berishning samaradorligini asoslash imkonini beradi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

11-20 из 145

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.