Ko‘prik temirbeton tayanchlarida elektrokimyoviy himoyani qo‘llash zaruratini baholash usulini takomillashtirish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-259-263

Ключевые слова:

ko‘prik temirbeton tayanchlari, xlorid agressiyasi, daydi toklar, armatura korroziyasi, elektrokimyoviy himoya, katod himoyasi, ekspluatatsion ishonchlilik

Аннотация

Maqolada ekspluatatsiya jarayonida xlorid agressiyasi va daydi toklar ta’siriga uchraydigan ko‘prik temirbeton tayanchlarida armatura korroziyasining yuzaga kelishi va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan, shuningdek, ushbu omillarning konstruksiyalarning texnik holati va uzoq muddatli ekspluatatsion ishonchliligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Ko‘prik temirbeton tayanchlarida xlorid-ionlar miqdori va daydi toklar ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda korroziya jarayonlarini baholash hamda armaturani elektrokimyoviy himoya qilish samaradorligini aniqlash yondashuvi keltirilgan. Taklif etilayotgan yondashuv xlorid agressiyasi va daydi toklarning birgalikdagi ta’siri sharoitida armatura korroziyasining rivojlanishini baholash, elektrokimyoviy himoyani qo‘llash zaruratini asoslash hamda ko‘prik temirbeton tayanchlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish imkonini beradi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

31-40 из 236

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.