Avtomatik uzatmalar qutisi resursiga gidravlik suyuqligi ishchi haroratining ta’siri

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-14-21

Ключевые слова:

Avtomatik uzatmalar qutisi(AUQ), gidravlik suyuqlik, moy sovutgichi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, gidrotrasformator, kavitatsiya, ishonchlilik, resurs, skaner

Аннотация

Avtomatik transmissiya ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga ko‘ra, uning gidravlik suyuqligining ishchi harorati 80-950C bo‘lishi kerak.
Og‘ir ish sharoitida gidravlik suyuqlik haroratning 1100C dan oshib ketishi uning xizmat muddatini bir necha marta qisqartirishi mumkin. Avtomatik transmissiya barcha transport vositalarining eng issiqlik ta’siriga uchragan qismidir.
Gidrotransformatorda gidravlik suyuqlik harakatining yuqori tezligi uning intensiv aeratsiyasiga, ko‘piklanishining kuchayishiga, oksidlanishini tezlashishiga va xizmat muddatini qisqartirishga olib keladi. Maqola, гидравлик suyuqlik haroratining avtomatik uzatmalar qutisi ishonchliligiga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Avtomatik uzatmalar qutisining normal haroratini ta’minlash uchun moy sovutgich qurilmalarining turli xil sxemalari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Ular orasida: avtomatik uzatmalar qutisi uchun alohida moy sovutgich; asosiy sovutish radiatoriga o‘rnatilgan moy sovutgich, shuningdek, gidravlik suyuqligini sovutish uchun alohida radiatorlar mavjud.
Amaldagi moy sovutgich konstruktsiyalarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Eksperimental ma’lumotlarga asoslanib, ishchi suyuqlikning resursini bashorat qilish uchun uchinchi darajali polinom tenglamasi ishlab chiqildi.
Avtomobillarning har xil turdagi avtomat uzatmalarining texnik xususiyatlari va konstruksiyasini murakkabligini hisobga olgan holda, ularni texnik ekspluatatsiya qilishning eng muhim masalalaridan biri bu ishonchlilikdir.
Maqolada Toshkent shahridagi ish sharoitida yengil avtomobillarning avtomat uzatmalari gidravlik suyuqligini almashtirish bo‘yicha ekspluatatsion sinovlar natijalari keltirilgan. Avtomatik uzatmalardan foydalanganda, har doim gidravlik suyuqligi haroratini kuzatib borish kerak. Zamonaviy yengil avtomobillarda haydovchiga gidravlik suyuqlikning ish haroratini doimiy ravishda kuzatib borishi uchun asboblar panelida termometr mavjud emas.ELM 327 skaneri ushbu kamchilikni qisman bartaraf etishga imkon beradi va avtomatik uzatmalar qutisi harorat parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Yo‘lovchi avtomashinalariga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida olib borilgan kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, avtomat uzatmalar qutisidagi nosozliklarning 50 foizdan ortig‘i uning gidravlik suyuqligining haddan tashqari qizib ketishi tufayli yuzaga keladi. Avtomatik transmissiyaning ekspluatatsion ishonchliligi haqida ob’ektiv ma’lumot olish uchun ish mualliflari ekspluatatsion sinovlarni o‘tkazdilar. Tajriba planetar tipidagi gidromexanik аvtomat uzatmalar qutisida o‘tkazildi.
Tahliliy ko‘rib chiqish va ekspluatatsion tadqiqotlarimiz asosida UzAvto Motors korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Gentra, Cobalt, Nexia 3 va Tracker 2 avtomobillarida avtomatik uzatmalar qutisi gidravlik suyuqligini sovutish uchun qo‘shimcha radiatordan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Chunki bu avtomobillarda, issiq iqlim sharoitida avtomatik uzatmalar qutisi gidravlik suyuqligining normal sovishi to‘liq ta’minlanmagan.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

11-20 из 45

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.