Sanoat korxonalari boshqaruvida samarali korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishda kuzatuv kengashining ahamiyati

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-49-52

Ключевые слова:

korporativ boshqaruv, aksiyadorlik jamiyati, eksport ko‘rsatkichlari, sanoat korxonalari, yuk aylanmasi, jo‘natilgan yuklar, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Аннотация

Ushbu maqola tadqiqotining nazariy va amaliy asosini temir yo‘l transporti sanoat korxonalarida korporativ boshqaruv tizimining zamonaviy nazariyalari va ta’limotlarini tatbiq etishga qaratilgan mamlakatimiz va xorijiy olimlarning korporativ boshqaruv sohasidagi tadqiqotlari natijalari tashkil etadi. Izlanishlar jarayonida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga olib keluvchi boshqaruvga oid omillar tahlil qilingan. Mamlakat Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmida transport xizmatlarining ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, respublikamizda temir yo‘l transportida jo‘natilgan yuklar dinamikasiga ishlab chiqarilgan yangi yuk vagonlarining ta’siri bo‘yicha tahlil va ma’lumotlar keltirilgan. Sanoat korxonalari boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 240

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.