Kichik biznesni rivojlantirishda davlat qo‘llab-quvvatlash tizimining roli
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-23-28Ключевые слова:
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, davlat qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy rivojlanish, soliq imtiyozlari, kreditlash, bandlik, islohotlar, biznes muhiti, institutsional yordamАннотация
Ushbu maqolada kichik biznesni rivojlantirishda davlatning faol ishtiroki va qo‘llab-quvvatlash tizimining ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, soliq imtiyozlari, kredit resurslariga erkin kirish, yengillashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyaviy va institutsional yordam choralarining kichik tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatayotgan ta’siri o‘rganilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar fonida kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi, ularning bandlik va hududiy rivojlanishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.