Intelektual transport tizimlari: aqlli shaharlar uchun integratsiyalashgan yondoshuv

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-67-71

Ключевые слова:

Intelektual transport tizimlari, real vaqt monitoringi, aqlli shahar texnologiyalari, sensor tarmoqlari, transport oqimini nazorat qilish, sun’iy intellekt, IoT, katta ma’lumotlar tahlili, harakatlanishni boshqarish tizimlari, raqamli shahar infratuzilmasi, transport xavfsizligi monitoringi, real vaqtli trafik tahlili

Аннотация

Zamonaviy transport sohasida xavfsizlik, samaradorlik va ekologik barqarorlikka bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir sharoitda, intellektual transport tizimlari tezkor sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu tizimlar harakatlanish sifatini oshirish, shahar infratuzilmasini samarali boshqarish va transport oqimini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular tarkibiga yo‘l harakati boshqaruvi, avtonom transport vositalari, real vaqt rejimida ishlaydigan tizimlar hamda ilg‘or raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan ilovalar kiradi.
Mazkur maqolada Jizzax shahridagi ushbu tizimlarning asosiy texnologik komponentlari – jumladan, transport vositalari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan maxsus tarmoqlar, aqlli svetofor tizimlari, virtual boshqaruv elementlari hamda transport harakati bashorati bilan bog‘liq algoritmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bu komponentlarning umumiy transport tizimi samaradorligi, xavfsizlik darajasi va ekologik barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi o‘rganiladi.
Maqolada, shuningdek, avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar – ya’ni haydovchilar, yo‘lovchilar va shahar boshqaruvchilari manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi Intelektual transport tizimlari standartlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish bo‘yicha faoliyatlar ham ko‘rib chiqiladi.

Опубликован

2025-12-05

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

11-20 из 323

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.