Markazlashtirilgan dispetcherlik tizimida xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlik masalalari
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-114-117Ключевые слова:
markazlashtirilgan dispetcherlik, yo‘l relesi, qo‘shimcha quvvat uzatilishini aniqlash, avtomatlashtirilgan nazorat, iqtisodiy samaradorlikАннотация
Ushbu maqolada temir yo‘lda markazlashtirilgan dispetcherlik tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar yoritiladi. Yo‘l relesining takrorlovchi relelariga uzatiladigan sun’iy qo‘shimcha quvvatni avtomatik aniqlash usuli taklif etilib, u rels zanjirlarining yolg‘on bo‘sh holatlarini ishonchli qayd etish uchun xizmat qiladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik tizimiga chiziqli punktlaridagi elektr markazlashtirish qurilmalarining mantiqiy nazorati integratsiya qilinib, yo‘l rele va uning takrorlovchi relesi holatlarini ikki karra tekshirish hamda ularning o‘zaro kechikish vaqtlarini tahlil qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Shuningdek, markazlashtirilgan dispetcherlik tizimi funksional imkoniyatlarini kengaytirish natijasida erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari baholangan.