Kombinatsiyalashgan po‘lat va bazalt kompozit armaturali temirbeton to‘sinlarning mustahkamligi va darzbardoshligi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
beton, temirbeton, po‘lat armatura, kompozit armatura, bazalt kompozit armatura, mustahkamlik, darzbardoshlikАннотация
Ushbu maqolada temirbeton to‘sinlarning cho‘ziluvchi zonasida po‘lat va bazalt kompozit armaturalarning kombinatsiyalashgan holda qo‘llanishi bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilgan. Tadqiqot doirasida kombinatsiyalangan armaturalashning to‘sinlarning umumiy mustahkamligiga ta’siri, yuklama ostida ishlash xarakteri, darzlarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, bu turdagi to‘sinlarning buzilish hollari, buzilishiga sabab bo‘luvchi omillar konstruksiyaviy nuqtayi nazaridan chuqur o‘rganilgan. Maqolada kombinatsiyalashgan po‘lat–bazalt kompozit armaturali to‘sinlarning ishlashi an’anaviy po‘lat armaturali temirbeton to‘sinlar bilan solishtirilgan. Ushbu taqqoslash natijasida har ikki turdagi to‘sinlarning afzalliklari ва kamchiliklari, yuklamani qabul qilishdagi farqlari, darzlarning shakllanish dinamikasi bo‘yicha xulosalar chiqarilgan. Bundan tashqari, maqolada kombinatsiyalashgan armaturalashda bazalt kompozit armaturalarni optimal joylashtirish yoritilgan. Tadqiqot natijalari kombinatsiyalangan armaturalashning temirbeton elementlarning uzoq muddatli ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini hamda yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishini ko‘rsatadi.