Shahar transport infratuzilmasini takomillashtirishda monolit temirbeton ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlardan foydalanishning muhandislik xususiyatlari
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
Ko‘prik qurilishi, seysmik bardoshlilik, qoziq, oraliq qurilma, monolit oraliq qurilma, lyossimon gruntlar, allyuvial yotqiziqlarАннотация
Ushbu maqolada Samarqand shahrini Shirin massivi bilan bog‘lovchi, Qoradaryo ustidan o‘tuvchi
strategik ahamiyatga ega avtomobil ko‘prigining konstruktiv tuzilmasi hamda qurilish texnologiyasi
ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ko‘prikning oraliq qurilmalari oldindan zo‘riqtirilgan
temirbeton balkalar asosida loyihalanganligi, tayanchlar esa monolit temirbeton konstruksiyalar
ko‘rinishida bajarilganligi asoslab berilgan.
Inshoot joylashgan hududning muhandislik-geologik sharoitlari, gruntlarning fizik-mexanik
xususiyatlari va seysmik faollik darajasi o‘rganilib, ushbu omillarning konstruktiv yechimlarni tanlash
va qurilish texnologiyasiga ta’siri baholangan. Maqolada og‘ir oldindan zo‘riqtirilgan balkalarni
tayyorlash va montaj qilish jarayonining texnik hamda tashkiliy jihatlari, shuningdek, qishki sharoitda
beton ishlarini bajarishda betonning mustahkamligini ta’minlash va sifat nazoratini kuchaytirishga
qaratilgan muhandislik yechimlari yoritilgan.
Tadqiqot natijalari murakkab muhandislik-geologik va seysmik sharoitlarda avtomobil ko‘priklarini
loyihalash hamda qurishda oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton texnologiyalaridan samarali foydalanish
bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.