Yarim ochiq vagon quyi lyuklarini yopish texnologik jarayonida ishchilarning fiziologik yuklanish darajasini kompleks baholash

Авторы

  • I. Toshtemirov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • O. Xodjayev Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Tashkent, O‘zbekiston Автор
  • A. Yusupov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор https://orcid.org/0000-0002-0662-4610

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

yarim ochiq vagon, quyi lyuk, fiziologik yuklanish, biomexanik tahlil, monorels, elektro tal, mexanizatsiya

Аннотация

Ushbu maqolada ko‘tarilgan temir yo‘lda joylashgan yarim ochiq vagonlarning quyi lyuklarini yopish jarayonida ishchilarning fiziologik yuklanishi sanitariya-gigiyenik mezonlar asosida baholangan. Tadqiqot davomida mushaklarning statik va dinamik zo‘riqishi, noqulay ishchi holati, bel sathida ishlash omili hamda takrorlanuvchi kuchlanishlar tahlil qilindi.Shuningdek, lyuklarni qo‘lda yopish jarayoni ularning katta massasi va ochiq holatdan yopiq holatga keltirilishi zarurati sababli ishchi organizmiga sezilarli biomexanik yuklama keltirib chiqaradi. Bu holat, ayniqsa, bel qismi va yelka mushaklarida yuqori darajadagi statik zo‘riqish bilan tavsiflanadi. Muammoni kamaytirish maqsadida lyuklarni estakadaga o‘rnatilgan monorels bo‘ylab harakatlanuvchi elektro tal qurilmasi yordamida yopish usuli taklif etildi. Qiyosiy baholash natijalari ushbu mexanizatsiyalashgan yechim ishchilarning fiziologik yuklanishini kamaytirish, mehnat xavfsizligini oshirish va jarayon samaradorligini yaxshilash imkonini berishini ko‘rsatdi.

Загрузки

Опубликован

2026-04-02

Похожие статьи

11-20 из 209

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.