O‘zbekiston Respublikasida foydalanishda bo‘lgan ko‘priklar holatining tahlili

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar, oraliq qurilma, yig‘ma oraliq qurilma, temirbeton to‘sin, oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton, yig‘ma temirbeton, namunaviy loyihalar, tekislovchi qatlam, himoya qatlami

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda Respublikasida foydalanishda bo‘lgan ko‘priklar holatining tahlili keltirilgan bo‘lib undagi yutuq va kamchiliklar o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ko‘prik qurilishida oldin va hozir qanday turdagi oraliq qurilmalardan foydalanilganligi va ulardagi kamchiliklar keltirib o‘tilgan.
Mamlakatimizda temirbeton ko‘priklarining asosiy qismi zo‘riqtirilmagan va oldindan zo‘riqtirilgan armaturali yig‘ma uzlukli temirbeton oraliq qurilmalardan loyihalanadi va quriladi, oraliq qurilmalar uchun esa temirbeton ko‘prik konstruksiyalari zavodlarida yoki poligonlarda ishlab chiqilgan plitalar hamda qovurg‘ali to‘sinlar ishlatilinadi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasida 14 mingdan ortiq ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar mavjud bo‘lib, ulardan 5 mingdan ortig‘i ta’mirtalab ekanligi aniqlangan. Ta’mirtalab holatga kelib qolgan ko‘priklardagi asosiy muammolar ularning oraliq qurilmalarida kuzatilmoqda. Ya’ni oraliq qurilmalardan muntazam ravishda suv sizib o‘tishi, buning natijasida himoya qatlamlari ko‘chishi, armaturalar ochilib qolib korroziyaga uchrashi bazi holatlarda esa oraliq qurilma to‘sinlari butkul yaroqsiz holatga kelib qolganligi kuzatilmoqda. Shuning uchun ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bir qancha olimlar izlanishlar olib bormoqda, loyihalash va qurishning yangi zamonaviy usullari o‘rganilib, yangi metod va texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Yildan yilga O‘zbekistonda yangi zamonaviy ko‘priklar barpo etilmoqda.

Загрузки

Опубликован

2026-06-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

21-30 из 413

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.