Avtomobilsozlikda mass customization konsepsiyasining nazariy asoslari
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
mass customization, avtomobilsozlik, modulli arxitektura, kechiktirilgan differensiatsiya, agil ishlab chiqarish, build-to-orderАннотация
Avtomobilsozlik sanoatida ommaviy moslashtirish (Mass Customization) konsepsiyasining nazariy asoslarini tizimli tahlil qilish, uning evolyutsion rivojlanish bosqichlarini aniqlash va amalga oshirish mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, kontent-tahlil va komparativ (qiyosiy) tahlil usullari qo‘llanilgan. Adabiyotlarni tizimli ko‘rib chiqish asosida 1987–2025 yillar oralig‘idagi 45 ta ilmiy manba tahlil qilindi. Mass Customizationning to‘rtta asosiy modeli (ko‘rinma, kozmetik, moslashuvchan va to‘liq) avtomobilsozlik kontekstida tipologiyalashtirildi. Modulli arxitektura va kechiktirilgan differensiatsiya asosiy muvaffaqiyat omillari ekanligi empirik misollar bilan isbotlandi. Mass Customization strategiyasini joriy etish avtomobil ishlab chiqaruvchilarga mijoz qiymatini 32–45% ga oshirish imkonini beradi, biroq murakkablikni boshqarish tizimlarini talab qiladi.