Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy yondashuvlar tahlili

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-20-24

Ключевые слова:

yo‘l harakati xavfsizligi, nazariy yondashuvlar, Vision Zero, Xavfsiz tizim, Haddon matritsasi, HAM modeli, xavf gomeostazi,

Аннотация

Ushbu maqolada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid asosiy nazariy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda XX asrning 20-yillaridan zamonaviy davrgacha shakllangan nazariy modellar — "Uch E" tizimi, Haddon matritsasi, "Nol vizion" (Vision Zero) konsepsiyasi, Xavfsiz tizim (Safe System) yondashuvi, HAM modeli va Xavf gomeostazi nazariyasi — ularning ilmiy asoslari, amaliy tatbiq doirasi va samaradorligi nuqtai nazaridan baholangan. Har bir yondashuvning kuchli va zaif tomonlari aniqlanib, ular O‘zbekiston sharoitiga mosligi jihatidan taqqoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hech bir yagona nazariy model barcha davlatlar uchun universal echim bera olmaydi; samarali natijaga erishish uchun ijtimoiy, iqtisodiy va geografik xususiyatlarni hisobga olgan holda turli yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarur. O‘zbekiston sharoitida "Uch E" modelini "Xavfsiz tizim" yondashuvi bilan integratsiya qilish — resurs jihatdan tejamkor va tizimli natijaga yo‘naltirilgan optimal strategiya sifatida asoslab berilgan. Shuningdek,ushbu tahli yo‘l harakati xavfsizligi sohasida islohotlar olib borayotgan mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

41-50 из 335

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.