Yirik donadorli volfram karbid kukunlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-25-28

Ключевые слова:

volfram karbidi, qattiq qotishma, kobalt-nikel bog‘lovchi, karbidlash, sintezlash, mikrostruktura, yeyilish, kon mashinalari keskichlari, kaliyli tuz jinslari

Аннотация

Ushbu maqolada konchilik sanoatida qo‘llaniladigan qazish mashinalari keskichlari uchun mo‘ljallangan qattiq qotishmali tishlarni tayyorlash texnologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kaliyli tuz jinslarini samarali parchalash imkonini beruvchi, yuqori yeyilishga chidamli va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan yirik donadorli volfram karbidi asosidagi qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida qotishmalarning makro va mikrostrukturasi metallografik mikroskoplar yordamida o‘rganildi, fazaviy tarkibi rentgenostruktura tahlili orqali aniqlandi hamda mexanik xossalari standart sinov usullari asosida baholandi. Natijada yirik donadorli volfram karbidi asosida turli geometrik shakl va o‘lchamdagi qattiq qotishmali asbob materiallarini olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqotlar asosida RS-14 turdagi keskichlar uchun kobalt-nikel bog‘lovchili qattiq qotishmaning optimal tarkibi tavsiya etildi. Olingan natijalar ishlab chiqilgan materialning kaliyli tuz jinslarini kesish jarayonida yuqori yeyilishga chidamlilik va ekspluatatsion samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

61-70 из 124

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.