Tibbiyot muassasalarida sifat menejmenti tizimini joriy etishning afzalliklari
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-89-92Ключевые слова:
sifat menejmenti tizimlari, ISO 9001:2015, ISO 7101:2023, bemor xavfsizligi, tibbiyot muassasasi, uzluksiz takomillashtirishАннотация
Sifat menejmenti tizimlari (SMT) zamonaviy tibbiyot muassasalarining asosiy ustunlaridan biri bo‘lib, bemor xavfsizligi, tibbiy xizmatlar ko’rsatilishining samaradorligi va davolash natijalarni yaxshilashda muhim rol o’ynaydi. ISO 9001:2015 va ISO 7101:2023 standartlari asosida SMT ni joriy qilish tibbiyot muassasalarining sifati va nufuzini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.