Qamchiq dovoni sharoitida harakatlanuvchi yuk avtomobillarining yog'-moy mahsulotlari sarfi va almashtirish jarayonlarining tahlili

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-132-138

Ключевые слова:

Qamchiq dovoni, A-373 magistrali, MAN TGS, Shacman X3000, KAMAZ-65201, motor moyi, transmissiya moyi, antifriz, ta'mirlash interval koeffitsienti, ekspluatatsion sarf, TOPSIS, TCO, optimallashtirish

Аннотация

Tog'li yo'l sharoitida yuk avtomobillarining moylash tizimiga tushadigan yuklama sezilarli darajada ortishi ularning ekspluatatsion xarajatlarini oshiruvchi, biroq hozirgacha yetarlicha o'rganilmagan omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Toshkent–Farg'ona vodiysini bog'lovchi A-373 magistral yo'lining eng murakkab uchastkasi — Qamchiq dovoni (eng baland nuqtasi 2267 m) sharoitida harakatlanuvchi 40 tonna yuk ko'taruvchi MAN TGS, Shacman X3000 va KAMAZ-65201 rusumli yuk avtomobillarining motor, transmissiya moylari va sovutuvchi suyuqliklari iste'molining matematik tahlili keltirilgan. Tadqiqotda yog'-moy mahsulotlarining almashtirish intervallariga ta'sir etuvchi omillar — yo'l qiyaligi, atmosfera bosimi, dvigatel yuklamasi va harorat rejimi — kompleks tarzda baholanib, tuzatish koeffitsienti asosida amaliy hisoblash usuli taklif etilgan. Tekis va tog'li yo'l sharoitlaridagi solishtirma sarflar grafik va regressiya tahlili yordamida taqdim etilgan, TOPSIS ko'p mezonli baholash metodi qo'llanilgan holda 40 t yukni Qamchiq dovoni orqali tashishda eng iqtisodli va tezkor avtomobil asoslangan tarzda aniqlangan. Olingan natijalar tog'li mintaqalarda faoliyat yurituvchi logistika kompaniyalari uchun avtopark tarkibini shakllantirish va texnik xizmat ko'rsatish rejalarini optimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

31-40 из 381

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.