Avtotransport vositalarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini mavsumiy foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda kompleks baholash

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-148-155

Ключевые слова:

avtotransport vositasi, mavsumiy sharoit, ekspluatatsion ko‘rsatkich, tashish samaradorligi, ekspluatatsion tezlik, ish unumdorligi, transport vositasidan foydalanish, kompleks indeks

Аннотация

Mazkur maqolada avtotransport vositalaridan foydalanish samaradorligining mavsumiy sharoitlar ta’sirida o‘zgarishini baholashning metodologik yondashuvi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda avtotransport vositalarining ekspluatatsion faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar tizimlashtirildi hamda asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlar funksional xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga ajratildi: tashish samaradorligi, harakat samaradorligi va transport vositasidan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. 2022–2023-yillar bo‘yicha mavjud texnik-ekspluatatsion ma’lumotlar asosida ko‘rsatkichlarning nisbiy o‘zgarish indekslari aniqlandi va kompleks ekspluatatsion o‘zgarish indeksi hisoblandi. Natijalar tashilgan yo‘lovchilar soni va yo‘lovchi-kilometr ishining ortishi bilan bir qatorda, transport vositalaridan foydalanishning ayrim ko‘rsatkichlarida pasayish mavjudligini ko‘rsatdi. Taklif etilgan yondashuv mavsumiy foydalanish sharoitlarining transport vositalari ishiga ta’sirini kompleks baholash hamda kelgusida meteorologik va ekspluatatsion ma’lumotlar asosida ushbu ta’sirni statistik jihatdan aniqlash imkonini beradi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

31-40 из 444

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.