El UzTE16M teplovozlari sovitish tizimiga uch bosqichli filtrlarni qo‘llash orqali dizel dvigatellarning samaradorligini oshirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-138-141Ключевые слова:
Teplovoz, dizel dvigatel, suv tizimi, suv filtri, gidrosiklonАннотация
Mazkur maqolada teplovoz dizel dvigatelining sovitish tizimidagi suvda hosil bo‘ladigan qattiq cho‘kma (kaltsiy va magniy tuzlari) va korroziya oqibatida kelib chiqadigan muammolar tahlil qilinadi. Ushbu muammolarning maqsadida uch bosqichli gidromagnit filtrdan foydalanish taklif etilgan. Gidrotsiklon, magnit sterjen va maxsus matodan iborat filtr tuzilmasi va ishlash prinsipi batafsil yoritilgan. Gidrotsiklonning fizik-mexanik jarayonlari, ayniqsa, turbulent ajratish mexanizmlari matematik modellar orqali tahlil qilinib, zarrachalarning harakati, ajralish samaradorligi kabi parametrlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar yoritilgan. Matematik formulalar va hisoblash algoritmlari asosida gidrotsiklonning optimal konstruktiv o‘lchamlari aniqlangan.