Ko‘p qavatli temirbeton karkasli binolarning noan'anaviy yuklar mavjud bo‘lgan holda hisoblash modelini shakllantirish

  • Sohibjon Inomjonov Toshkent davlat transport universiteti
  • Abbas Xodjayev Toshkent davlat transport universiteti
Ключевые слова: ko‘p qavatli binolar, Noan’anaviy yuklanish, Lira-SАPR PK 9.6, Seysmik tahlil

Аннотация

Mazkur maqolada Lira-SAPR PK 9.6 dasturi yordamida ko‘p qavatli temirbeton karkasli turar joy binosining tom qismida noan’anaviy yuklar ya’ni, hajmlari mos ravishda 225 m³ va 112 m³ bo‘lgan suzish havzalari joylashtirilgan holatda, konstruktiv va hisobiy model ishlab chiqilgani yoritilgan. Ushbu model asosida kontsentrik yuklanishlar o‘rnatilib,har bir holat uchun yuklar va ulardan hosil bo‘ladigan ta’sirlar aniqlangan. Hisoblash jarayonida olingan bu ma’lumotlarga tayanib, variativ sonli tajribalar o‘tkazilgan. QMҚ 2.01.07-96 – “Yuklar va ta'sirlar” va QMҚ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” ” me'yoriy hujjatlarida bino tom qismiga o‘rnatilgan kontsentrik yukni hisobga olgan holda mazkur bino hisoblash sxemasi asoslandi.Tahlil natijalari asosida binoning mustahkamlik va barqarorlik ko‘rsatkichlariga baho berilgan hamda bu ma’lumotlar tizimli ravishda ma’lumotlar bazasi shakillantirilgan.

Литература

[1] Кедров В.С., Кедров Ю.В., Чухин В.А. “Плавательные бассейны”. Москва, 2002.
[2] B.A.Askarov, Sh.R.Nizomov. Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalari. Toshkent, 2003.
[3] А.А.Ашрабов, Ю.В.Зайцев. “Железобетонные и каменные конструкции”. Т.: Укитувчи, 1992.
[4] Turdialiev B.B. Ko‘p qavatli, karkasli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini Lira 9.6 dasturi asosida fazoviy holatda seysmik kuchlar ta’siriga hisoblash (magistrlik dissertatsiyasi). TAQI, 2016.
[5] QMҚ 2.03.01-96. Beton va temirbeton konstruksiyalar. O‘zbekiston Respublikasi DAҚҚ. Toshkent, 1998.
[6] QMҚ 2.01.03-96. Zilzilaviy hududlarda qurilish. Toshkent, 1995.
[7] QMҚ 2.01.07-96. Yuklar va ta’sirlar. O‘zbekiston Respublikasi DAҚҚ. Toshkent, 1997.
[8] В.Ф.Фомина. Архитектурно-конструктивное проектирование общественных зданий. Ульяновск, 2007.
[9] С.В.Поляков,И.Л.Корчинский “Сейсмостойкост зданий и сооружений”
[10] Байков.В.Н. “Железобетоннии конструкции” Кульский Л.А., Гороновский И.Т.
Опубликован
2025-06-30
Как цитировать
Inomjonov, S., & Xodjayev, A. (2025). Ko‘p qavatli temirbeton karkasli binolarning noan’anaviy yuklar mavjud bo‘lgan holda hisoblash modelini shakllantirish. Вестник транспорта - Transport Xabarnomasi, 2(2), 103-105. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-103-105
Раздел
Исследования, проектирование и строительство-Tadqiqotlar, loyihalash va qurilish