Poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga oid eksperimental tadqiqotlar natijalarining tahlili

  • Miraziz Talipov Toshkent davlat transport universiteti
Ключевые слова: poyezd tuzuvchilar, jarohatlanish sabablari, obyektiv omillar, subyektiv omillar, mehnat xavfsizligi, maxsus kiyim-bosh, texnik vositalar, harakat sifati, asab-ruhiy barqarorlik, kasbiy muvofiqlik, baxtsiz hodisalar

Аннотация

Ushbu maqolada poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, obyektiv va subyektiv omillarni tahlil qiladi. Obyektiv omillarga ish joylarining yomon yoritilishi, maxsus kiyim-bosh va poyabzal sifatsizligi, ish sharoitlari va meteorologik holatlar kiradi. Subyektiv sabablar esa ehtiyotsizlik, charchoq va harakat sifatlarining yetishmasligini o‘z ichiga oladi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, jarohatlarning asosiy sabablari zinapoyalarning silliqligi, maxsus kiyim va poyabzalning qulay emasligi, shuningdek, smena oxiridagi charchoqdir. Baxtsiz hodisalarning ko‘pchiligi harakatlanayotgan vagondan tushish va zinapoyalardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi.

Tadqiqot xulosalari poyezd tuzuvchilarining jismoniy va asab-ruhiy tayyorgarligini oshirish, maxsus himoya vositalarining sifatini yaxshilash hamda texnik vositalarni takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, xavfsizlikni ta’minlash uchun kasbiy muvofiqlikni baholash va xavf omillarini kamaytirishga yo‘naltirilgan usullar ishlab chiqish taklif etiladi.

Литература

[1] Сулайманов С., Талипов М.М. РЕЗУЛЬТАТЫ ИЗУЧЕНИЯ ПРИЧИН ТРАВМАТИЗМА СОСТАВИТЕЛЕЙ ПОЕЗДОВ //Universum: технические науки. – 2022. – №. 5-1 (98). – С. 18-25.
[2] Сулайманов, С. К совершенствованию методику оценки профессиональной пригодности составителей поездов с учетом различных фобий индивидов / С. Сулайманов, М.М. Талипов // Перспективы развития науки в современном мире : Сборник трудов по материалам XII Всероссийского конкурса научно-исследовательских работ. В 2 частях, Уфа, 20 февраля 2023 года. Том Часть 1. – Уфа: Общество с ограниченной ответственностью "Научно-издательский центр "Вестник науки", 2023. – С. 106-116.
[3] «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 22.09.2016 yil O‘RQ-410-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
[4] Oхрaнa трудa. Oпределение эффективнoсти мерoприятий пo улучшению услoвий трудa : учеб.-метoд. пoсoбие пo oднoименнoму курсу для студентoв всех специaльнoстей / сoст. И.Т. Ермaк [и др.]. – Мн. : БГТУ. -2005. – С. 4-17.
[5] И. Герман, Физика организма человека. Пер. с англ.: Научное издание / И. Герман Долгопрудный: Издательский Дом «Интеллект», 2011 – 995 – 363-367 с.
[6] Андрей Гронский О тревоге, страхе и фобиях //Статьи/Эмоции в жизни// https://www.b17.ru/article/74984/.
[7] Попов Г.И. Биомеханика двигательной деятельности: учеб. для студ. учреждений высш. проф. образования / Г.И. Попов, А.В. Самсонова. – 3-е изд., стер. – М.: Издательский центр «Академия», 2014.
[8] D.A. Winter: Biomechanics and Motor Coпtrol of Human Movement, 3rd edn (Wiley, New York 2005) 383-141-p.
Опубликован
2025-06-30
Как цитировать
Talipov, M. (2025). Poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga oid eksperimental tadqiqotlar natijalarining tahlili. Вестник транспорта - Transport Xabarnomasi, 2(2), 156-158. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-156-158
Раздел
Техносферная безопасность-Texnosfera xavfsizligi