Turli vagonlarni harakatga asosiy solishtirma qarshiligining yuk poyezdi og‘irligiga ta’sirini baholash metodikasi

  • О‘tkir Xusenov Toshkent davlat transport universiteti
  • Shinpolat Suyunbayev Toshkent davlat transport universiteti
Ключевые слова: harakatga asosiy solishtirma qarshilik, tortish hisoblari, yuk poyezdi og‘irlik me’yori, temir yo‘l uchastkasi, metodika, vagonlarning og‘irligi

Аннотация

Yuk vagonlarini harakatga asosiy solishtirma qarshiligi turli xil vagonlar kombinatsiyasidan tashkil topgan poyezdlarning uchastkadagi og‘irligini me’yorlashda asosiy parametrlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada turli xil vagonlar kombinatsiyasidan tashkil topgan poyezdlarning harakatga asosiy solishtirma qarshiligini aniqlashning takomillashtirilgan metodikasi ishlab chiqilib, temir yo‘l uchastkasidagi poyezdlar og‘irligiga ta’siri baholangan. Turli vagonlarni harakatga asosiy solishtirma qarshiligining yuk poyezdi og‘irligiga ta’sirini o‘rganish uchun ikki xil holatda tadqiq qilindi. Birinchi holatda, vagonlarning soni bo‘yicha tarkibdagi ulushi asosida o‘rtacha asosiy solishtirma qarshilik hisoblandi (mavjud metodika), ikkinchisida o‘qqa tushadigan yuklamasi turlicha bo‘lgan vagonlarning og‘irligi bo‘yicha tarkibdagi ulushi asosida o‘rtacha asosiy solishtirma qarshilik hisoblandi (taklif etilgan metodika). Natijada yuk poyezdi tarkibidagi turli vagonlarning ular soni va og‘irligi bo‘yicha tarkibdagi ulushi asosida hisoblangan o‘rtacha asosiy solishtirma qarshilik orasidagi farq o‘rtacha 26% gacha bo‘lishi aniqlangan. Bunda, turli vagonlarning og‘irligi bo‘yicha tarkibdagi ulushi asosida olingan o‘rtacha asosiy solishtirma qarshilik, ular soni bo‘yicha olingan qiymatdan doim kichik yoki teng bo‘lishi asoslangan. Turli hisobiy nishabliklarga ega uchastkalar misolida vagonlarning og‘irligi bo‘yicha tarkibdagi ulushi asosida olingan poyezd og‘irligi, ular soni bo‘yicha olingan qiymatdan 52 dan 333 tonnagacha farq qilishini ko‘rsatilgan.

Литература

[1] Справочник 8-мизначная система нумерации грузовых вагонов колеи 1520 мм. 2005. – 31 p.
[2] Правила тяговых расчетов для поездной работы. 1985. – 289 c.
[3] Правила тяговых расчетов для поездной работы. 2016. – 515 c.
[4] Актуализация правил тяговых расчетов на промышленном железнодорожном транспорте: методическое пособие. – М.: ПромтрансНИИпроект, 2016. – 95 с.
[5] Машарипов М.Н., Суюнбаев Ш.М., Аблялимов О.С., Хусенов У.У., Лесов А.Т. Совершенствование метода выполнения тяговых расчетов с учетом особенности разных типов вагонов // Научных журнал транспортных средств и дорог, – 2023. – №1. – С. 133-147.
[6] Машарипов М.Н., Адилова Н.Д., Суюнбаев Ш.М., Аблялимов О.С., Хусенов У.У. Исследование зависимости основного удельного сопротивления движению от типа вагонов // Научных журнал транспортных средств и дорог, – 2023. – №1. – С. 85-97.
[7] https://sites.google.com/site/tagapoezd/tagsredstva/electrPeremTok/15vl80s
Опубликован
2025-03-31
Как цитировать
XusenovО., & Suyunbayev, S. (2025). Turli vagonlarni harakatga asosiy solishtirma qarshiligining yuk poyezdi og‘irligiga ta’sirini baholash metodikasi. Вестник транспорта - Transport Xabarnomasi, 2(1), 146-150. https://doi.org/10.56143/https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-1-146-150
Раздел
Подвижной состав и тяга поездов-Harakat tarkibi va poyezd tortish tizimlari