Konteyner poyezdlarini tashkil qilish va terminallar ishini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy tajribalar
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
konteyner tashishlar, konteyner poyezd, terminal ishini takomillashtirish, muammolar, yechimlar, xorijiy tajriba, texnologik jarayonАннотация
Ishdan asosiy maqsad temir yo‘l transportida konteyner poyezdlarini tashkil qilish va terminallar ishini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni aniqlash va ularni tizimlashtirishdan iborat. Ushbu maqolada konteyner tashishlarda xorijiy olimlar ishlari tahlili olib borildi hamda buning asosida ko‘rilayotgan mavzudagi mavjud muammolar aniqlandi. Xalqaro va mahalliy tashishlar tahlillari natijasida konteyner tashish sohasidagi muammolarning yechimlari keltirilgan. Tadqiqotda transport infratuzilmasining cheklovlari, xavfsizlik, xalqaro standartlarning uyg‘un emasligi, boshqaruv tizimlaridagi muammolar, ekologik ta’sir, iqtisodiy noaniqliklar, qonunchilik va tariflar, konteynerlarni boshqarish tizimlari va resurslardan samarali foydalanish kabi masalalar yoritilgan. Har bir muammo uchun mos yechimlar taklif etilgan bo‘lib, ular zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, ekologik xavfsizlikni oshirish, xalqaro standartlarni harmonizatsiya qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga yo‘naltirilgan. Ushbu xulosalar konteyner tashish tizimining samaradorligini oshirish, atrof-muhitga zararni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun zarur choralarni belgilaydi.