Toshkent shahrining shoh ko’chalaridagi transport oqimlari shovqinini aniqlash natijalari tahlili

Авторы

  • Sunatilla Sulaymanov Toshkent davlat transport universiteti Автор
  • Zilola Abdullayeva Toshkent davlat transport universiteti Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

transport oqimlari, shahar shovqini, tovush bosimi darajasi, oktava diapazonlari, sanitariya me’yorlari, shovqinni o‘lchash usullari, akustik baholash

Аннотация

Maqolada Toshkent shahrining shoh ko‘chalarida transport oqimlari ta’sirida shakllanadigan shovqin bosimi darajalari GOST 12.1.050–86 talablariga muvofiq baholangan. O‘lchovlar GOST 17187–2010 standartiga javob beradigan, davlat metrologik qiyoslashidan o‘tgan Shumomer Testo 816-3 raqamli shovqin o‘lchash asbobi yordamida amalga oshirilgan. Transport vositalari harakati natijasida hosil bo‘ladigan shovqin bosimi darajalari fon shovqin aniqlangandan so‘ng o‘lchangan. Fon shovqin bosimi darajalari shahar hududining turli funksional zonalarida — ko‘ngilochar majmua, yashil hududli va yashil hududsiz turar-joy binolari atrofi, umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda bolalar o‘yin maydonchalari hududlarida aniqlangan. Shovqin bosimi darajalari 31,5–8000 Hz oktava diapazonlari bo‘yicha har bir nuqtada ikki marotaba o‘lchanib, o‘rtacha qiymatlar tahlil uchun qabul qilingan. Olingan natijalar asosida tuzilgan jadvallar va grafiklar tahlil qilinib, transport shovqinining ruxsat etilgan sanitariya-gigiyena me’yorlariga nisbatan holati baholangan. Tadqiqot natijalari transport shovqinini kamaytirish bo‘yicha muhandislik chora-tadbirlarini asoslash imkonini beradi.

Опубликован

2026-04-02

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

11-20 из 313

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.