Harakat xavfsizligi dolzarb muammo sifatida: o‘lim holatlari va jarohatlanishlar bo‘yicha rasmiy statistika va tahlil

Авторы

  • M. Mamatkulov Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор https://orcid.org/0000-0002-9997-2509
  • A. Kungradbayeva Toshkent davlat transport universiteti, Tashkent, O‘zbekiston Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

yoʻl transport hodisasi, qurbonlar va jarohatlanganlar statistikasi, xafv omillari, xafvsiz tizim

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy manbalarining soʻnggi maʻlumotlariga asoslangan holda yoʻl-transport hodisalaridan (YTH) kelib chiqadigan global va milliy muammolarni tahlil qiladi. Maqolada oʻlim va jarohatlanishlarning statistik koʻrsatkichlari, asosiy xavf omillari hamda global hamjamiyatning 2030-yilga qadar ushbu inqirozni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar oʻn yilligi doirasidagi saʻy-harakatlari yoritilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy va sog‘liqni saqlash muammolaridan biri hisoblanadi. Transport vositalari sonining ortishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi hamda harakat intensivligining oshishi yo‘l-transport hodisalari sonining ko‘payishiga olib kelmoqda. Natijada ko‘plab insonlar halok bo‘lmoqda yoki turli darajadagi jarohatlar olmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha taxminan 1,19 million kishi yo‘l-transport hodisalari natijasida halok bo‘ladi, yana 20–50 million kishi turli darajadagi jarohatlar oladi.

Загрузки

Опубликован

2026-04-02

Похожие статьи

11-20 из 364

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.